TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yil iqtisodiyot uchun Ikkinchi jahon urushidan so‘ng eng yomoni bo‘ldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin investitsiya faollikni oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Ta’kidlayman, o‘tgan yil Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan buyon global iqtisodiyot uchun eng og‘iri bo‘ldi.
Rossiya yetakchisi 2020-yilda sayyora YaIM 3,5 foizga qisqarganini qayd etdi.
“Sabablari obyektiv. Bu birinchi navbatda epidemiologik vaziyat. Majburlikdan kiritilgan choralar biznes yuritish, umuman olganda iqtisodiy sur’atga salbiy ta’sir ko‘rsatdi”, - dedi Putin.
U keng ko‘lamli inqiroz davlatdan favqulodda qabul qilingan qarorlarni talab qilgan.
Shu bilan birga Putin yuzaga kelgan inqirozda Rossiya birinchi marta zamonaviy tarixda makroiqtisodiyot siyosatini yumshata olgan.