“Eurovision Song Contest” YouTube kanaliga joylashtirilgan klip ayni daqiqalarda 1 055 882-marta ko‘rilgan va Rossiya trendida ikkinchi kun ham 3-o‘rinda.
Qayd etish joizki, kecha Avstriya, Avstraliya, Estoniya va Shveysariya vakillarining klipi ham omma e’tiboriga havola qilingandi, ammo ularning kliplarb Manijanikiga qaraganda ancha kam ko‘rilgan.
Manizha (Manija Sangin) – asli kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi. Ijoddan tashqari u jamiyat hayotida ham faol ishtirok etib keladi.
Bir necha oy ilgari Manija Rossiyadan BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha birinchi erkin elchisi bo‘ldi. Endi esa mamlakat nomidan xalqaro yirik musiqiy tanlovlardan birida ishtirok etadi.