TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Human Rights Watch (HRW) O‘zbekistonning yangi Jinoyat kodeksida shunchaki muammoli nizomlar tuzatilibgina qolmasdan, balki unda jiddiy islohotlar aks etishi kerakligi haqida yozmoqda. Jumladan, xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti da’vatiga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi Jinoyat kodeksi lesbiyankalar, geylar va transgenderlar huquqlarini himoya qilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Jinoyat kodeksining yangi loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan edi.
Muhokama 9-mart sanasiga qadar davom etgan, shundan so‘ng qonunchilik loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgandi.
"Garchi qonunchilik loyihasi ayrim ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lsada, ammo u so‘z erkinligi, namoyishlar va dinga doir ko‘plab moddalarni saqlab qolgan", - deyiladi tashkilot bayonotida.
Human Rights Watch ma’lumotiga ko‘ra, xususan, qonun loyihasining ayrim qismlarida “ayollar, qiynoq qurbonlari, lesbiyankalar, geylar, biseksuallar va transgenderlar huquqlarini ta’minlashda muammolar mavjud bo‘lib”, ularning huquqlari xalqaro huquqda tan olinganligi eslatib o‘tilgan”.
Prezident Mirziyoyev Inson huquqlari bo‘yicha kengashda chiqishidan so‘ng inson huquqlari muammosi islohotlar markazida bo‘lishi kerak, deya va’da berganidan so‘ng, bugungi kunda bor e’tibor O‘zbekistonga qaratilgan", - deyiladi HRW bayonotida.
Xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti O‘zbekiston qonun chiqaruvchilarini Jinoyat kodeksining demokratik erkinliklarga monelik qiluvchi bo‘limlarini o‘zgartirishga chaqirgan.
HRW bayonotida "O‘zbekistonning yangi Jinoyat kodeksi Toshkent tomonidan imzolangan xalqaro inson huquqlari to‘g‘risidagi kelishuvlarga to‘liq mos kelishi kerakligi" qayd etib o‘tilgan.
HRW o‘zbek qonunchiqaruvchilarini kodeks loyhasining inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarga mosligini tekshirish uchun Demokratiyaga huquq orqali Yevropa komissiyasi (Venetsian komissiyasi)ga taqdim etishga chaqirgan. Tashkilot shuningdek, Toshkentning xalqaro sheriklarini o‘zbek rasmiylarini O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini to‘liq bajarishga chaqirishga chorlab qolgan.
"O‘zbekistonning sheriklari Bosh prokuratura va parlamentga bosim o‘tkazishlari lozim, ular bu imkoniyatdan foydalanishlari va Jinoyat kodeksini mukammallashtirishlari kerak", - deyiladi bayonotda.