TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Amerikaning USS Connecticut atom suvosti kemasini kana bosdi, deb xabar qildi Navy Times nashri.
O‘tgan yil mart oyida, Shimoliy Muz okeanida o‘tkazilgan ICEX-2020 harbiy mashqlari paytida bortda kanalar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, ekipaj bir necha oy davomida "qonxo‘rlar"ni zaharlashga urinib ko‘rdi.
"Kanalar odamlarni to‘shaklarida tiriklayin yeyishdi", - deydi suvosti kemasi starshinasi.
Harbiy dengizchilarning shikoyatlariga qaramay, rasmiy so‘rov nazorat idoralariga dekabr oyida yuborildi, dezinfeksiya faqat shu yil fevralida boshlandi. Harbiy boshliqlar dastlab "dalil yo‘qligi" sababli harbiylarning shikoyatlariga ishonishmadi.
Kana bosishi tufayli ko‘plab dengizchilar stul va polda uxlashga to‘g‘ri keldi, shu sababli “uyqusizlik va charchoqlik suvosti kemasining jangovar qobiliyatiga ta’sir qildi".
Hozir suvosti kemasi maxsus moddalar bilan ishlov berildi, ammo dengizchilar kana yana qaytib kelishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda.