TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik farrosh qahramonga aylandi, deb xabar qilmoqda mahalliy telekanal.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "shimoliy poytaxt"ning Kalinin tumanida joylashgan bolalar bog‘chasining kirish ko‘chasini tez-tez suv bosib bolalar va ota-onalar u yerni aylanib o‘tishga majbur bo‘lishayotgan ekan. Shahar kommunal xizmatlari ushbu muammoga uzoq vaqt davomida e’tibo bermaganidan so‘ng, oddiy farrosh bo‘lib ishlaydigan Sohib Sayriyev o‘z i ushbu muammoni hal qilishga kirishadi.
"Bu yerda katta ko‘lmak bor edi. Men ekskavatorchini yordamga chaqirdim. U quvur joylashgan joyni qazib ochib berdi. Qolgan ishni qo‘lda bajardim. Shikastlangan quvurni polietilen truba bilan almashtirdim. Endi suv yo‘q", - deydi Sohib.
39 yoshli farrosh Sohib Sayriyev asli samarqandlik. Sankt-Peterburgda u 10-yildan beri bo‘lib ishlaydi. O‘tgan davr mobaynida biror marotaba uning ishi yuzasidan hech kim arz qilmagan.
Ishxonada ham uning ishidan mamnun bo‘lishdi. Sohibga faxriy yorliq va pul mukofoti berishdi. Ushbu voqea haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalganidan so‘ng Sohib haqiqiy qahramonga aylandi.