Yana bir davlat Rossiya bilan aviaqatnovlarni tikladi

Latviya hukumati qaroriga ko‘ra, 17-mart kunidan boshlab uchinchi davlatlar bilan aviaqatnovlar tiklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Latviya hukumati uchinchi davlatlar, shu jumladan Rossiya bilan parvozlarni qayta tiklashga qaror qildi. Charter reyslarga ham ruxsat beriladi.
Transport vazirligi bu qarorni Estoniya va Litvaning uchinchi davlatlarga parvozlarni qayta tiklagani bilan izohladi. Latviya aholisi qo‘shni davlatlar orqali tranzit foydalanib, uchinchi davlatlarga bormoqda.
Cheklovdan oldin Latviyadan Rossiyaga kuniga bir necha marta parvoz amalga oshirilgan.