O‘zbekistonga 1 million doza "Sputnik V" olib kelinadi

Ayni damda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. O‘zbekistonga 1 million doza Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi olib kelindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri AOKAda bo‘lib o‘tayotgan brifingdan.

Bugungi kunda 1 million doza "Sputnik V" vaksinasini xarid qilish borasida ishlar olib borilmoqda. Buning uchun tegishli shartnoma ishlab chiqilgan v u Rossiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu vaksinani ham O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda - dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasining ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Covax dasturi doirasida O‘zbekistonga boshqa xorijiy vaksinalar olib kelinishi kutilmoqda. Xususan 15-20 martga qadar AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan 660 ming doza vaksinani olib kelish kutilmoqda.
Undan tashqari, Xitoy va O‘zbekiston birgalikda ishlab chiqqan vaksinadan ham 1 million doza xarid qilish rejalashtirilgan.
Bahodir Yusupaliyev aytishiga qaraganda bugungi kunda butun dunyoda vaksina tanqisligi kuzatimoqda. O‘zbekiston vaksina yetkazib berish borasida 12ta kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.