TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rejissor Yolqin To‘ychiyev suratga olgan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” badiiy filmi “Nika” kinomukofotining “Boltiqbo‘yi va MDH mamlakatlarining eng yaxshi filmi” nominatsiyasi uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur nufuzli kinofestivalda Qozog‘istondan ikkita film, rejissor Yernar Nurgaliyevning “Jonim, sen ishonmaysanmi?” ("Janim, ti ne poverish"), Adiljan Yerjanovning “Sariq mushukcha” ("Jeltaya koshka"), Ozarbayjondan Xilal Baydarov Uzeyining “O‘limdan o‘limgacha” ("Ot smerti do smerti"), Qirg‘izistondan rejissor Artik Suyundikovning “Shambala” filmlari o‘rin olgan.
Pandemiya tufayli 2019-yilgi “Nika”ning tantanali taqdirlash marosimi 2021-yilning bahoriga ko‘chirilgandi.
Kinomukofotning 2019 va 2020-yilgi tantanali taqdirlash marosimi bir vaqtda 2021-yilning aprelida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.