TOShKENT, 10 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden, aftidan, mamlakat mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ismini unutib qo‘ydi. Bunga “Daily Mail” nashri e’tibor qaratdi.
Amerika yetakchisi Oq uyda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakat armiyasidagi harbiy ayollarga bag‘ishlab, nutq so‘zlayotgan edi.
“Sobiq generalga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men uni general deya atashni davom etapman, biroq, mening, mening, <...> bu bo‘limni boshqaradigan anavi yerda turgan yigit”, - dedi Bayden Ostin haqida gapirayotib.
Bundan tashqari, Bayden o‘zining nutqida Pentagon nomini esdab chiqarib, uning xodimlarini “bu yigitlar” deb aytgan.
Amerika prezidenti birinchi marta bunday xatolikka yo‘l qo‘yayotgani yo‘q. O‘tgan yil dekabr oyida Kamala Harrisni AQSh yetakchisi degandi – aslida esa u vitse-prezident.