Ispaniyaning Gvadarrama tog‘ tizmalari hududida simlar va maymunjon butalari orasida qolib ketgan urg‘ochi eshak qutqaruv guruhi tomonidan qutqarildi.
Oliviya ismli jonivor egasi uni o‘zi qutqara olmaganidan so‘ng qutqaruvchilarga murojaat qilgan. Eshak ham mustaqil ozod bo‘lishga urinib, juda holdan toygan edi. GERA maxsus guruhiga qarashli vertolotda eshak qutqarilgan.