Milliy gvardiyachilarga turar joy ijara to‘lovlari uchun kompensatsiya beriladi

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Qaror loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
Nizomda Milliy gvardiyasi organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik uchun pul kompensatsiyasini to‘lash miqdori va tartibi yoritilgan.
“Qaror loyihasi Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda bir yilda
782 mln.so‘m mablag‘ ajratilishini talab etadi”, - deyilgan loyiha tushuntirish xatida.