TOShKENT, 9 mar – Sputnik. Belarusning Minsk avtomobil zavodi O‘zbekistonda yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida O‘zbekiston va Belarus hukumatlararo komissiyasining 8-majlisida kelishib olindi.
Majlisda Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin va O‘zbekiston tavshqi savdo investitsiyalar vaziri Sardor Umurzakov ishtirok etishdi.
BELAVTOMAZ xoldingining OAO “MAZ” boshqaruvchi kompaniyasi bosh direktori Valeriy Ivankovich O‘zbekistonning OOO “KRANTAS” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi va O‘zbekistonda MAZ yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi. O‘zbekiston tomon ushbu korxonaga turli imtiyozlar berish va qo‘llab-quvvatlashni va’da berdi.
Ushbu hamkorlik natijasida ikki respublika orasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi oshishi, mahalliy bozorda belarus avtomobil texnikasining raqobatbardoshlishi oshishi kutilmoqda.
OAO "MAZ" O‘zbekiston bilan ko‘p yillardan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Ular Toshkentda MAZ yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus texnikasi savdosini yo‘lga qo‘yishgan.