Sal kam besh yuz nafar fuqaro ishlash uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, 490 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda ishlash uchun jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Kelishuvga muvofiq, 7-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 490 nafar fuqaro “Dovud ota” chegara posti orqali yirik qurilish obyektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sug‘urta polisi va xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtirildi.
Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.