TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov Rossiya chempionatining Yekaterinburgning "Ural" jamoasiga qarshi o‘yinida yengil jarohat oldi, deb xabar qildi Boshqirdiston klubi RIA Novostiga.
Rossiya chempionatining 21-tur uchrashuvi yakshanba kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tdi, o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Oston O‘runov 41-daqiqada zaxiraga olindi.
"Oston yengil jarohat oldi. Murabbiylar va tibbiyot xodimlari uning keyingi matchda o‘ynashi borasida qaror qabul qilishadi", - deb ma’lum qilishdi klubda.
"Ufa" navbatdagi o‘yinni o‘z uyida 14-mart kuni Qozonning "Rubin" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.