TOShKENT, 9 mar – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova shahzoda Garri va Megan markl intervyusi haqida o‘z xulosalari bilan bo‘lishdi.
Bilasizmi, Britaniya manarxiyasida demokratiya tushunchani nimani anglatishi borasida ko‘p narsa o‘z joyiga tushdi. Shaxzoda Garri va Megan Marklning Opra Unfri bilan intervyusidan quyidagilarni xulosa qilish kerak:
Birinchidan, siz Britaniya elitasi vakili bo‘lsangiz ham, boshqaruvchi rahbariyat xush kelmagan o‘zini xavfsiz his qilmaydi.
Ikkinchidan, pressa Britaniya isteblishmenti qo‘lida. Isteblishment OAV yordamida jamoatchilik orasida o‘ziga kerakli bo‘lgan tasavvurni tarqatadi. Bu hatto haqiqatga mos kelmasa yo hatto unga zid bo‘lsa ham. Ya’ni Britaniya OAVlari har qanday mavzuni butunlay aksincha yoritishi mumkin. Litvinenko, Berezovskiy, Skripalar va Oq kaskalar “ishlari” bunga misol bo‘lishi mumkin.
Uchinchidan, irqchilik tugatilmagan, uning qurbonlari haligacha ta’qib qilinmoqda.
Bu mojaro emas. Bu dekoratsiyalar qulashi, - dedi Zaxarova.