Shayx Abdulaziz Mansurning o‘g‘li vafot etdi

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansurning o‘g‘li Abdulbosit Mansurov vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansurning o‘g‘li Abdulbosit Mansurov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
Idora Shayx Abdulaziz Mansurning farzandi vafoti munosabati bilan uning barcha oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.