Venesuela prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda u Twitterʼda ma’lum qildi. Prezident bilan birga uning rafiqasi Siliya Flores ham vaksinaning birinchi dozasini olgan.
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaksinalar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
Maduroning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” bilan Venesuela tibbiyot xodimlarining katta qismi emlangan.
Maduro COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi bilan emlanish istagini bildirdi
Venesuelada koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash ishlari 18-fevral kuni boshlangandi.
“Sputnik V”ning birinchi partiyasi Janubiy Amerika mamlakatiga 13-fevral kuni olib kelingan.
O‘tgan yil oktabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi Karakasga “Sputnik V”ning uchinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish uchun “Sputnik V” vaksinasi yetkazib berilganini xabar qilgan edi. Unda ikki ming nafar ko‘ngilli, jumladan, davlat rahbarining o‘g‘li Nikolas Maduro Gerra ham ishtirok etgan.