TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlari vazirlari Abdulaziz Kamilov va Mevlut Chovusho‘g‘li hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Kamilov Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik va hududlararo aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki berishini ta’kidladi.
“Ishonchimiz komilki, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, aziz birodarim Mevlut Chavusho‘g‘lu ishtirokida ochilgan go‘zal Samarqand shahridagi Bosh konsulxona bu jarayonni yanada rivojlantirishda o‘ziga xos hissa qo‘shadigan yangi institutlardan biriga aylanadi”, - dedi u.