Samarqand viloyatidagi restoranlardan birida yong‘in yuz berdi

Binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yong‘indan zararlangan. Yong‘indan jabrlangan va qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Omonboy” mahallasida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Marg‘ilonda to‘rtta do‘konda yong‘in chiqdi
Xabar qilinishicha, yong‘in, bugun, 7-mart kuni taxminan soat 11:00 larda sodir bo‘lgan.
FVV viloyat boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yong‘indan zararlangan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etilgan.
Sodir bo‘lgan holatda jabrlangan va qurbonlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingan edi. Yong‘in natijasida mazkur kafeda ishlagan va ashagan besh kishi halok bo‘lgan.