Munisa Rizayeva turmushga chiqapti

O‘zbek shou-biznesining yorqin yulduzi xonanda Munisa Rizayeva bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kichik ekanligini ta’kidlagan edi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbek estradasining yorqin namoyondalaridan biri xonanda Munisa Rizayeva tez orada turmushga chiqadi. Xonanda bunga Instagramʼdagi sahifasida nikoh uzugi bilan ishora qildi.
Muxlislar uni tabriklab, yoshlarga baxt tilashmoqda. Surat ostida xonandaning singlisi Karima Rizayeva ham izoh yozib qoldirdi.
“Tabriklayman. I’m so happy”, - deya opasini tabrikladi u.
Bundan tashqari Munisa Rizayevani uning hamkasblari tabriklab, ezgu tilaklar bildirishmoqda. Ular orasida xonanda Ziyoda ham bor.
Avvalroq xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarining qachon turmushga chiqishi haqidagi savollariga javob bergan edi. O‘shanda u bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kichik ekanligini ta’kidlagandi.
“Oddiy, yaxshi inson. Meni yaxshi ko‘radigan. Mendan kichkinalar. Men uchun hamma narsaga tayyorlar. Eng asosiysi, menga ijod qilishga, qo‘shiq aytishga ruxsat beradilar. Ular san’at sohasidan emas”, — degandi xonanda.