Kelin to‘yi kuni magistraturaga imtihon topshirdi – video

Gruziya poytaxti Tbilisida kelin to‘yi vaqtida magistratura imtihonini onlayn topshirdi. Kelin savollarga javob berayotgan vaqtni to‘yni bir muddatga to‘xtatib turishga to‘g‘ri keldi.
Sputnik
To‘yi kuni imtihon topshirayotgan kelin aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa to‘yda suratchi bo‘lib ishlagan shaxs joylashtirgan.
U kelindan nima qilayotganini so‘raydi.
“Imtihon uchun yozapman... Biznes-kommunikatsiya bo‘yicha magistraturaga imtihon topshirapman”, - deya javob beradi qiz.
U telefonidagi ilovani ochib ko‘rsatadi. “Mana testlar va mavzular”, deydi oppoq libosdagi kelin.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘y va imtihon kuni tasodifan bir kunga to‘g‘ri kelgan. Juftlik to‘y sanasi oldindan belgilab olgan bo‘lgan, keyin bu kunga imtihon tayinlangani oydinlashgan.