Rossiyada Ob darosi alanga oldi – video

Ob darosida baliq tutayotgan bir guruh shaxslar g‘ayrioddiy hodisaga – daroning qoq o‘rtasida yuzaga kelgan yong‘inga – guvoh bo‘lishdi.
Sputnik
Rossiyada Ob darosining yonib ketishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, taxminan 120-200 metr maydonda propan-butan qorishmasi yonib ketgan. Qorishma daryo tubidan o‘tgan quvurdan suvga tushgan.
Yong‘in kelib chiqishiga baliqchilardan birining snegoxodidan uchgan uchqun sabab bo‘lganini aytilmoqda.
Hodisadan 60 yoshli erkak jabrlangani xabar qilinmoqda.
Hozirda yong‘in bartaraf qilingan va quvurning shikastlangan qismi vaqtincha o‘chirilgan.