O‘zbekistonda COVID-19dan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizga yetdi

Kasallanish holatlarining 2 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, 41 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan
Sputnik
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80 125 (+44) nafarni tashkil etmoqda, koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 99 foizga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabariga asosan.
Yana bir davlat O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochdi
Kasallanish holatlarining 2 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, 41 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 701 nafar bemordan 146 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Pandemiya qachon tugaydi?

Koronavirus pandemiyasi 2022-yilning boshlarida tugashi mumkin, deya bayonot qilgan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge Welt nashriga bergan intervyusida.
Pandemiyaning ikkinchi yili yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin - BSST
Klyugening so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil "yana bir COVID yiliga aylanishi mumkin", ammo 2020-yilda odamlar yangi kasallik haqida kam ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lsalar, hozirda pandemiya "ancha tushunarli va uni boshqarish mumkin".
"Mening ishimda hammasini oldindan rejalashtirish muhim. Shu bois, men 2022-yil boshida pandemiya yakun topadi, degan fikrga tayanmoqdaman. Ammo bu virus batamom yo‘q bo‘lishini anglatmaydi. Ammo, o‘sha vaqtga kelib aralashuvlarga hojat qolmaydi, deb umid qilaman", - deya iqtibos keltiradi RIA Novosti Klyuge so‘zlaridan.
Shu bilan birga, BSST vakili davlatlar cheklovlarni qay tarzda bekor qilishlari ham o‘ta muhimligiga e’tibor qaratgan, nega deganda hammasi o‘ta tez sodir bo‘lsa, "biz yana boshidagi holatga qaytamiz".
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 115 millionga yaqin koronavirus holatlari qayd etilgan, 2,55 million kishi infeksiya qurboniga aylangan.