Rossiya va Fransiya maxfiy tarzda diplomatlarni chiqarib yuborishdi

Ekspertlar Les Echos bilan suhbatda, diplomatlarning chiqarib yuborilgani haqidagi fakt Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi shundoq ham ziddiylashib turgan munosabatlarni murakkablashtirmaslik uchun ommaga oshkor qilinmaganligini taxmin qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya va Fransiya 2020-yilning oxirida bir nafardan diplomatni maxfiy tarzda chiqarib yuborishgan, deb xabar bermoqda Les Echos.
Rossiya uch nafar yevropa diplomatlarini aksiyalarda ishtiroki uchun davlatdan chiqarib yubordi
Nashrning yozishicha, Rossiyaning Parijdagi elchixonasi iqtisodiy bo‘lim xodimini josuslikda gumonlab, Fransiyadan chiqarib yuborishgan. Rossiya aks javob choralarini qo‘llagan va Fransiyaning Moskvadagi elchixonasi iqtisodiy bo‘lim xodimini chiqarib yuborgan.
Rossiya TIV va Fransiyaning Moskvadagi elchixonasi nashrga ushbu xabar yuzasidan izoh bermagan.
Ekspertlar Les Echos bilan suhbatda, diplomatlarning chiqarib yuborilgani haqidagi fakt Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi shundoq ham ziddiylashib turgan munosabatlarni murakkablashtirmaslik uchun ommaga oshkor qilinmaganligini taxmin qilishdi.
Sal avval RF TIV Rossiyada sanksiyalanmagan aksiyalarda ishtirok etgan Shvetsiya, Polsha va Germaniya diplomatlari "ushbu mamlakatda bo‘lishi xush ko‘rilmagan" shaxslar sifatida e’lon qilingani va yaqin vaqt ichida mamlakatni tark etishlarini e’lon qilgan edi.
Bunga javoban Germaniya, Polsha va Shvetsiya tashqi ishlar vazirliklari har bir mamlakatda bir nafardan rossiyalik diplomatlarni "persona non-grata" deya e’lon qilishdi.