TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Rossiya butun Markaziy Osiyoni inqirozdan olib chiqishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik ekspert Dmitriy Golubovskiy.
BMT mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Mana bir necha oydan buyon jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshmoqda. Bu ayniqsa shakar va o‘simlik moyi narxlarida bilinmoqda.
Moliyaviy tahlilchi xulosasiga ko‘ra bu yangi trend bo‘lib kelajak 10-yil davom etishi mumkin.
“Moliyachilar buni “xom-ashyo supersikli” deyishadi. Bu ancha uzoq davom etishi mumkin... O‘tgan sikla neft narxi necha yil davomida oshgani esingizdami? 1998-yilda boshlanib 2008-yilgacha davom etdi va keskin quladi. Umumiy hisobda 10-yil”, - dedi ekspert.
Oziq-ovqat, metallurgiya va yonilg‘i sohalarini ham xuddi shunday tendensiya kutmoqda. Bularning barchasi dollarga bog‘liq. Aniqrog‘i uning qadrsizlanish davriga. Amerikaliklar o‘zlarining qarz bosimini kamaytirish maqsadida umumjahon inflyatsiyasini uyushtirmoqda.
Dunyoda dollar miqdori juda ko‘payib ketgan va uni qadrsizlantirish kerak deb hisoblaydi Golubovskiy.
Bu ishni ikkita uslub bilan amalga oshirish mumkin: qarz inqirozi yoki inflyatsiya yordamida. Qarz inqirozida asosan boylar zarar ko‘radi, inflyatsiyada esa – barcha.
Dunyo – ikkinchisini tanladi va barcha muammolarni pul bilan “yopish”ga kirishdi, deb hisoblaydi moliyaviy tahlilchi.
Bunday qarordan barcha mahsulot va xizmatlar narxi faqat oshib boradi. Ushbu vaziyatda kambag‘al davlatldar ayniqsa katta xavf ostida. Ular uchun yagona yechim – boy davlatlar bilan savdo ittifoqlari tuzish yoki iqtisodiy ittifoqlarga qo‘shilish.
“Agar Rossiya yaxshi iqtisodiy o‘sish namoyish etsa, u o‘z ortidan barcha qo‘shnilarini tortib ketishi mumkin. Bu hududiy faktor deyiladi – kuchli iqtisod har doim qo‘shnilarini o‘z ortidan tortadi. Chunki qo‘shnilar bu mamlakatga ishlash uchun kelib ko‘proq pul topishlari mumkin, boy iqtisodlar ayrim ishlarni outsorsing maqsadida qo‘shni davlatlarga o‘tkazishi mumkin yoki savdo aloqalar yordamida o‘sish kuzatilishi mumkin”, - deydi Golubovskiy.
Moliyaviy tahlilchi xulosasiga ko‘ra, xom-ashyo narxi o‘sish siklida Rossiya iqtisodi o‘sib borsa (bunday bo‘lish ehtimoli katta, chunki Rossiya iqtisodi asosan xom-ashyoga asoslangan), bunday holda – Rossiya butun Markaziy Osiyoni o‘z ortidan tortib ketishi mumkin.
Batafsil Sputnik audiopodkastida tinglang.