TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Tojik-qirg‘iz chegarasida yonilg‘i-moylash materiallari kontrabandasi o‘tadigan nazoratdan o‘tish punktlar va yashirin marshrutlarni patrul qiladigan Qirg‘iziston harbiylarining qo‘shimcha kuchlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikistonga manba xabar qildi.
"Ularning asosiy maqsadi – ayrim shaxslar yoki guruhlar tomonidan Rossiya neftini Tojikistonga reeksport qilinishiga to‘sqinlik qilish", - dedi manba.
Qayd etilishicha, tojik-qirg‘iz chegarasida benzin va boshqa neft mahsulotlarining kontrabanda holatlari ko‘paygan, uddaburonlar esa bundan katta foyda qilmoqda.
Endi Qirg‘iziston hukumati kontrabandachilarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yishga qaror qildi, deb qo‘shimcha qildi manba.
Kuni kecha, 3-martda Qirg‘iziston bosh vaziri Ulukbek Maripov Qirg‘izistondan neft va neft mahsulotlarining YeOIIdan tashqariga eksportini taqiqlovchi qarorni imzoladi.