Toshkentda yana bir guruh Afg‘onistonda xizmat qilgan faxriylarga medallar topshirildi

O‘zbek o‘g‘lonlariga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari qoshidagi baynalminal jangchilar qo‘mitasining "Veteran boyevix deystviy", "VETERAN" birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun medallari topshirildi
Sputnik
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida bir guruh Afg‘onistonda xizmat qilgan faxriy jangchilarga mukofotlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentda afg‘on urushi veteranlari ordenlar bilan taqdirlandi
O‘zbekiston "VETERAN" jangchi faxriylar birlashmasining a’zolari bo‘lgan bir guruh Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qatnashchilari bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlariga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari qoshidagi baynalminal jangchilar qo‘mitasining "Veteran boyevix deystviy", "VETERAN" birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun medallari topshirildi.
Mukofotlarni Moskvadan kelgan MDH davlatlari hukumatlari qoshidagi qo‘mita raisining maxsus vakili Mo‘minxon Xodjayev, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, senator Rustam Kalonov, O‘zbekiston jangchi faxriylar birlashmasining raisi Tal’at Muradov, Birlashma Toshkent shahar kengashi raisi Rustam Sultanov, bir guruh MFY faollari va mahalla fuqarolari qatnashdilar.
Shuningdek, tadbir davomida Mo‘minxon Xodjayev Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qo‘mitasi raisi Aleksandr Kovalevning O‘zbekistonda yashovchi faxriylarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, tadbirda faxiiylar uchun bahoriy dasturxon yozildi.