TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2021-yilning fevral O‘zbekistonda 53 460 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Shulardan 27 623 nafari o‘g‘il, 25 837 nafari esa qiz bolalardir. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyati (6 441 nafar) da qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (5599), Farg‘ona (5786) va Andijon viloyatlari (4978). Toshkent shahrida 4421 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Viloyatlar orasida eng kam tug‘ilish Navoiy (1359), Sirdaryo (1430) va Jizzax viloyatlarida (2361) kuzatilgan.
Jumladan, fevral oyida 1 166 nafar egizak bolalar tug‘ilgan.