TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rosselxoznadzor O‘zbekistondan pomidor importiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlarni qisman bekor qildi.
“Qaror O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan, shuningdek, mazkur kompaniyalar mahsulotlarida pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) yo‘qligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvlari natijalari asosida qabul qilindi” - deyilgan Rosselxoznadzor bayonotida.
Oltita korxonaga Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor olib kirishga ruxsat berildi:
"Taraqqiyot sari servis";
"Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest";
"Saidazimxon";
"Zarafshon grand bolgari";
KARMANA AGROTRADING;
"Maftunkor Bahor".
Ulardan uchtasi Qashqardaryo, uchtasi – Navoiy viloyatida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 11-dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga taqiq joriy etgandi. “Sunny Land Export” MChJ ishlab chiqaruvchisi tomonidan Rossiya hududiga olib kirilgan pomidorlarda pomidor jigarrang burushiqlik (ToBRFV) virusi aniqlangan.