Olimlar yer atmosferasining falokatini bashorat qildi

Quyosh faolligining keskin o‘sishi tufayli karbonat angidrid gazi miqdori kamayadi, fotosintez buziladi va deyarli kislorod bo‘lmaydi, - deb bashorat qilmoqda Yaponiya va AQSh olimlari.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Yer atmosferasi milliard yildan keyin butun erkin kislorodni yo‘qotadi, deb bashorat qilmoqda olimlar. "Izvestiya" xabariga asosan.
Yerga “Apollon” guruhiga kiruvchi ulkan asteroid yaqinlashmoqda
Yaponiya olimi Toho Universitetidan Kazumi Ozaki va Jorjiya Texnologiya Institutidan amerikalik olim Kristofer Reynxard  geologik, biologik va iqlim omillarini hisobga olgan holda sayyora atmosferasining rivojlanish jarayonini modellashtirishdi.
Tadqiqotchilar atmosfera kelgusi milliard yil davomida barqaror bo‘lishiga ishonishmoqda, ammo keyinchalik Quyosh faolligining keskin o‘sishi tufayli karbonat angidrid gazi miqdori kamayadi, fotosintez buziladi va deyarli kislorod bo‘lmaydi.
Tadqiqot ishi mualliflariga ko‘ra, biosfera atrof muhitdagi o‘zgarishlarga tezda moslasha olmaydi va primitiv anaerob mikroblar yana evolyutsiya bosqichiga tushib qoladi.