TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2021-2022 yillarda Farg‘ona viloyatida to‘rtta zavodda elektroskuter ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu prezidentning “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishva mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Barcha loyihalar xususiy va tashabbuskorlar mablag‘i evaziga amalga oshiriladi. Loyihalardan uchtasi “Qo‘qon”erkin iqtisodiy zonasida bo‘ladi.
- “Bicycle Tranding Invest” yiliga 4,5 ming dona elektroskuter ishlab chiqarilishiga 1,5 mln dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2021-yil noyabr oyiga mo‘ljallangan.
- “Stroy Plast” yiliga 1,5 ming dona elektroskuter, 1,5 ming dona elektromotoroller va 500 dona velosiped ishlab chiqarishga 505 ming dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2022-yil mart oyiga rejalashtirilgan.
- “Velomaks” yiliga 20 ming dona elektroskuter ishlab chiqarishga 4 mln dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2021-yil noyabr oyiga mo‘ljallangan.
Yana bir loyiha Uchko‘prik tumanida rejalashtirilgan. “Technoworld” 2 ming dona elektr motor va skuter ishlab chiqarishga 2,2 mln dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2022-yil iyun oyiga rejalashtirilgan.