TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Chet elga chiqishga ta’qiq borligini telegram orqali tekshirish mumkin. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, pandemiya vaqtida chet elga chiqish uchun sanitar-gigiyenik talablar bilan bir qatorda, hech qanday qarzdorlik majburiyati ham bo‘lmasligi bo‘lmasligi lozim.
Qarzdorlik bor-yo‘qligini Majburiy ijro burosi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus telegram bot - @mibuzbot orqali tekshirib, bilib olish mumkin. Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin, - deyilgan xabarda.
Telegram-botdan foydalanish uchun, telefon raqamini kiritish talab etiladi. Fuqarolarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni MIB sahifasida elektron tarzda to‘lash imkoniyati ham bor.