Quyi Novgoroddagi shov-shuvli hodisa: ayblanuvchi nega qotillikka qo‘l urgani aytildi

Yigirma sakkizinchi fevral kuni Kudma poselkasida to‘rt kishi so‘yib ketilgan edi — erkak, ikki ayol va olti yashar bolakay.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Quyi Novgorodga yaqin poselkada kichik bolakay ham bo‘lgan, to‘rt kishidan iborat oilani vahshiylarcha o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxs ikki oyga hibsga olingan. Bu haqda RF regional TQ tergov boshqarmasi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Nijniy Novgorodda butun bir boshli oila o‘ldirib ketildi: jinoyatda migrantlar gumonlanmoqda
RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanayotgan shaxs - 26 yashar O‘zbekiston fuqarosi Sharofiddin Amirov.
U 2021-yilning 27-aprel sanasiga qadar hibsga olingan.
Ayblanuvchi boshqa davlat fuqarosi bo‘lgani va ozodlikda yurib, yashirinishi mumkinligini inobatga olib, tergov qo‘mitasi hibsga olish chorasini qo‘llashni talab qilgan.
Amirovning o‘zi ham o‘z hayoti va sog‘lig‘idan xavfsirayotgani tufayli bu choraga qarshi emasligini ma’lum qilgan.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, ushbu fojiaga himoyasidagi shaxsning "uzoq vaqt og‘ir ruhiyatni jarohatlovchi holatda bo‘lgani" sabab bo‘lgan. Go‘yoki unga juda kam maosh to‘lashgan va pasportini bermay kelishgan, oqibatda u vatanga qayta olmagan.
Tergovchining aytishicha, Amirovning o‘zi yuz bergan hodisa tafsilotlarini to‘liq so‘zlab bergan.

Tergov versiyasi

28 fevral kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Oka oldi tumani Kudma qishlog‘ida oilada xizmatchi bo‘lib ishlaydigan shaxs pichoq bilan garaj ichida 64 yashar pensionerga hamla qilgan, so‘ngra, uyning ichida uning 63 yashar rafiqasiga tashlangan.
Shundan so‘ng, u oilaning 41 yoshli qizini va ayolning olti yashar o‘g‘lini o‘ldirgan. So‘ngra yirik miqdordagi pullarni va qimmatbaho buyumlarni olgan holda, yashiringan.
Erkak 28-fevral kuni kechga tomon Vladimir viloyatida qo‘lga olingan, ertasi kuni u Quyi Novgorodga olib kelingan.
Tergovchilar ma’lumotlariga ko‘ra, Amirovga uning tanishi yashirinishga yordam bergan. U bilan ham TQ xodimlari ishlashmoqda.
Oilaga hujum uyushtirilgan vaqtda uyda oila boshlig‘i (boshqa regionda bo‘lgan) va uning 14 yashar qizi (mashg‘ulotlarda bo‘lgan) bo‘lmagan. Ular tirik qolishgan.