TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya TIV AQShning Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarini “dushmanlarcha Rossiyaga qarshi hujum” deb atadi va Vashingtonni “olov bilan o‘ynamaslikka” chaqirdi.
Avvalroq AQSh va Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq hodisa bahonasi bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etgandi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning bayonotida qayd etilishicha, Aleksey Navalniyning go‘yoki zaharlanishi asosida sanksiya kiritish Rossiya ichki ishlariga oshkora aralashishda davom etish uchun bahona, xolos.
“Bunga chidab turmoqchi emasmiz. O‘zaro munosbat tamoyilidan kelib chiqib, simmetrik bo‘lmasa ham bunga munosabat bildiramiz”, - dedi diplomat.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyaga sanksiya yoki boshqa bosim yo‘li bilan biror bir narsani zo‘rlab o‘tkazish umidlari avval ham chippakka chiqqan, hozir ham chippakka chiqadi”.
“Agar AQSh oqilona teng huquqli muloqotga tayyor bo‘lmasa, bu ularning tanlovi. Amerikaning sanksiya ishqobozligidan qat’i nazar, har qanday tajovuzkorlikka qarshi zarba berib, izchil va qat’iy milliy manfaatlarimizni himoya qilishda davom etamiz. Hamkasblarimizni olov bilan o‘ynamaslikka chaqiramiz”, - deyiladi Zaxarova bayonotida.