Moskvada eng ko‘p haq to‘lanadigan ish o‘rinlari aytildi

Moskvada chaqiriq asosida ishlaydigan veterinar va po‘lat eshiklar montajchisiga eng yuqori maosh taklif qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada chaqiriq asosida ishlaydigan veterinar va po‘lat eshiklar montajchisiga eng yuqori maosh taklif qilinmoqda. Bunday muxatassislar oyiga 300 ming rublgacha olishlari mumkin. Bu haqda RIA Novosti “Rabota.ru” tadqiqotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Yuqori daromad keltiradigan kasblar ma’lum qilindi
Veterinar vazifasi mijozning uyiga borish, jonivorlarga tashxis qo‘yish va davolashdan iborat. Nomzoddan tegishli oliy ma’lumot va bir yillik tajriba talab etiladi. Bundan tashqari, u o‘zgaradigan ish jadvaliga tayyor bo‘lishi kerak.
Eng ko‘p haq to‘lanadigan po‘lat eshiklar montajchisi kamida uch yillik tajriba va o‘zining asbob-uskunalariga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, kamida uch yillik tajbriga ega binoning ichki qismi bo‘yicha dizayner, bir yillik tajribaga ega tender bo‘yicha mutaxassis va IT sohasidagi mutaxassislarga ham eng yuqori maosh – oyiga 250 ming rublgacha taklif qilinmoqda.
Besh yillik tajribaga ega 1C dasturchisi hamda texnik-keramist tish shifokori 200 ming rublgacha olishi mumkin.