Andijon va Navoiy viloyatlari IIB boshliqlari tayinlandi

Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘i bilan Andijon va Navoiy viloyatlari Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Navoiy va Andijon viloyatlari IIB boshliqlari tayinlandi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Polkovnik Azat Tasbayev Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Tasbayev Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ayubxon Rahmatullayev Andijon viloyati IIBga rahbarlik qiladi.
Tayinlovga qadar Rahmatullayev IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etib, vazirlik faoliyatini tanqid qilgan edi.