Serbiyada 2 km keladigan kolbasa tayyorlanib, nochorlarga ulashildi

Serbiyaning Turiya qishlog‘ida uzunligi 2 kilometr va og‘irligi 2 tonnadan ziyod keladigan rekord kolbasa pishirildi. U har yili o‘tkaziladigan festivalda namoyish etildi.
Sputnik
Koronavirus tufayli festival katta tantanasiz, ammo ezgulik maqsadi bilan o‘tkazildi.
Rekord darajadagi kolbasa ham festivalga keltirildi va ehson uchun tarqatildi. U bilan nochorlarni siylashadi.
Turiya kolbasasi 2013-yilda Ginnessning rekordlar kitobiga rasman kiritilgan edi. O‘shandan buyon uning uzunligi har yili bir metrga uzaytiriladi.