COVID bilan og‘ir kasallangan bemor 98 kundan keyin sog‘ayib ketdi

Koronavirusning og‘ir shakliga chalingan, o‘pkasining 90% shikastlandan bemor shifoxonada 98 kun yotib tuzalib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Moskva viloyatida noodaty holat yuz berdi - koronavirusning og‘ir shakliga chalingan, bemor 98 kunda davolanib chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 
Domodedovo shahar Markaziy shifoxonasi xabariga ko‘ra, 56 yoshli bemor shifoxonaga olib kelinganda o‘pkasining 90% shisktlangan bo‘lgan va uni darhol sun’iy nafas olish apparatiga ulashgan. 
"Ushbu patsiyentni davolashda, biz  MONIKI (Moskva viloyati ilmiy tekshirish klinik instituti) xirurglariga murojaat qildik. Ular bemorning o‘pkasida homsil bo‘lgagn bronxoplevral svishni davolashda yordam berishdi. Birgalikda patsiyentni stabil holatga keltirdik", - dedi Markaziy shifoxona bosh shifokori Andrey Osipov. 
Ma’lum bo‘lishicha ushbe bemor kasalxonada jami 98 kun o‘tkazgan. Ayni damda unga uyiga javob berishgan. Hozir u turar joyida shifokor kuzatuvida bo‘lib turibdi.