TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya chegaralari boshqa mamlakatlar bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishiga qarab bosqichma-bosqich ochiladi. Ammo bu qachon ro‘y berishi borasida hozircha hech kim prognoz qilolmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko ma’lum qildi.
“Bugun hech kim ular qachon boshqa davlat fuqarolari uchun chegaralarini ochishga tayyorligini aniq ayta olmaydi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatapmiz. U imkon berishi bilanoq, chegaralar bosqichma-bosqich ochilishiga umid qilamiz”, - dedi u RIA Novostiga bergan intervyusida.
Matviyenko Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini urg‘ulab, bu hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar samarasi ekanini ta’kidlagan.