Ayni paytda ikki mamlakat Sog‘liqni saqlash, Transport vazirliklari va boshqa sohaviy tuzilmalari mutaxassislari to‘liq aloqani tiklash imkoniyati ustida ishlamoqda.
"Umid qilamizki, tez orada vaziyat avvalgi barqaror formatiga qaytadi", - deb ta’kidladi Sergey Lavrov.
Abdulaziz Kamilov, o‘z navbatida, Moskvaga kelgan delegatsiya, xususan Sog‘liqni saqlash vaziri hozir barcha muammolar ustida ish olib borayotganini ta’kidladi.
"Eng asosiysi, biz Rossiya Federatsiyasida o‘zaro parvoz va fuqarolarimizning mehnat faoliyatini tiklashdan o‘zaro manfaatdormiz. Hozir bu muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qilmoqdamiz", - dedi Abdulaziz Kamilov.
Bundan tashqari, Sergey Lavrov respublikada “Sputnik V" vaksinasini tezkorlik bilan ro‘yxatdan o‘tkazilagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, preparatni respublikada ishlab chiqarishni boshlash imkoniyati ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qildi.