“UzAirways” onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun aviakompaniya sahifasidagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosish kerak. Bu ham vaqtni tejashi, ham pandemiya sharoitida muloqotni kamaytirishi aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 1-martdan boshlab mahalliy qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslik va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi.
“Onlayn ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 24 soat oldin ochiladi va 120 daqiqa oldin yopiladi”, - deyilgan xabarda.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun aviakompaniya sahifasidagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosish kerak.