TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘tgan haftada O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov respublikaning YeOIIdagi vakili Shuhrat Shukurovni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’at raisi Mixail Masnikovichga tanishtirdi.
YeIK hay’at raisiga komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining vakilini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning maktub taqdim etildi.
Ekspertga ko‘ra, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida so‘z yuritildi.
"Biz migratsiya, bojxona, savdo va texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildik", - dedi Barsegan.
Suhbat davomida memorandumni tayyorlash va uni amalga oshirish rejasi ko‘rib chiqildi, deb qo‘shimcha qildi YeIK vakili.
"Sergey Glazev O‘zbekistonga 2025-yilgacha Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarga qo‘shilishga taklif qildi. Xususan, strategik rejalashtirish, qo‘shma investitsiya loyihalari va davlatlararo dasturlar to‘g‘risida gap ketmoqda", - deb tushuntirdi Barsegan.