Korrupsiya: Fransiya sobiq prezidenti 3-yilga ozodlikdan mahrum etildi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha aybdor deb topildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha aybdor deb topildi.
Sud unga 3-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Ushbu muddatdan ikki yili shartli, bir yilini esa u qamoqda o‘tkazadi.
Sarkozi real muddat olgan respublikaning birinchi sobiq rahbari bo‘ldi.