TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Bugun, bahor faslining birinchi kuni O‘zbekiston hududida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi, bu meyordan 2-4 darajaga yuqoridir, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
2 martda respublikada kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi.
3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, aksariyat viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.
4-5 martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4-martdan 5-martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5-martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5-martda 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.