TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Bolgariyaning Sofiya shahrida 22—27 fevral kunlari boks bo‘yicha Stranja—2021 xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.
27 fevral kuni turnirning final uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda uch nafar o‘zbekistonlik bokschi qatnashdi.
Bobousmon Baturov, Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov o‘z bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.
Yarim final bosqichigacha yetib kelgan Navbahor Hamidova, Shahobiddin Zoirov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bronza medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 3 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.