Ular orasida turli eksponatlar bor edi, jumladan, o‘ta jiddiy ilmiy ishlanmalar – qo‘l protezi. Ekologiya bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash va tabiatni texnogen falokatlardan himoya qilishga qaratilgan kashfiyotlar alohida e’tiborga sazovor.
Gadjetni xush ko‘ruvchilar uchun “aqlli oyna” namoyish etildi. U ob-havo haqida ma’lumot beradi, yangiliklar bilan o‘rtoqlashadi va shu bilan birga egasini maqtab qo‘yadi.