Samarqandda hamshira ayolning do‘pposlanishi aks etgan video yuzasidan ma’lumot berildi

Ma’lum qilinishicha, kelishmovchilik pastdarg‘omlik fuqaro va uning uyida ijarda yashab kelayotgan ayol o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, tasvirdagi holat 2021-yil 5-fevral kuni Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan.
Surxondaryoda "samosud": murabbiyni himoyalab, to‘qqiztasi 3 kishini do‘pposladi
Kelishmovchilik tumanning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro, X.D. hamda uning “A.Navoiy” MFYdagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983-yilda tug‘ilgan, B.S.lar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Fuqaro X. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotayotganligi sababli ijarachidan uyidan chiqishini so‘ragan. B. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to‘lab qo‘yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.
Oqibatda janjal yuzaga kelgan. Natijada fuqaro B. tan jarohatlari bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudiga taqdim etilgan.