Chexiya prezidenti Putindan “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘radi

Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yo‘lladi va mamlakatga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘radi.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yo‘llab, undan mamlakatga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘radi. Bu haqda Chexiya yetakchisi “CNN Prima” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiya dushmanlari "Sputnik V" yetakchiligidan qo‘rqishadi – RTTIF
Chexiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u iltimosni bosh vazir Andrey Babish bilan muvofiqlashtirgan. Zeman Rossiya Chexiyaga vaksinani yetkazib berishga tayyorligini bildirgan.
Shuningdek, prezident “Sputnik V”dan Chexiyada foydalanishni ma’qullash uchun milliy regulyator, Dori-darmon nazorati davlat institutining (SUKL) qarori kifoya bo‘lishini ta’kidladi. Shu tariqa, mamlakat rahbari YeI regulyatori, Yevropa dori vositalari agentligidan (YeMA) vaksinani ma’qullashni so‘ramasa ham bo‘ladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Chexiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 milliondan oshib ketgan. 20 mingdan ziyod bemor virus qurboniga aylangan.