O‘zbekistonda Kanada viza markazi ochiladi

O‘zbekiston diplomatik missiyasi xabariga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq holat yaxshilanganidan so‘ng mamlakatda "Kanada viza markazi"ni ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi dipmissiya rahbari Javlon Vahobov O‘zbekistondagi Kanada elchixonasi (Moskvadagi qarorgohi)ning migratsiya bo‘yicha maslahatchisi Daniel Unrau bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Nukusda shifokorlar Kanada standartlari bo‘yicha o‘qitiladi
Daniel Unrau O‘zbekiston tomonidan tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Xususan, yoshlarni xorijiy davlatlar mehnat bozorida talabgir bo‘lgan 20 dan ortiq kasblarga o‘qitish, chet tillarga o‘qitish uchun xorijdan mutaxassislarning mamlakatga jalb etilishini alohida e’tirof etgan.
Unrauning fikricha, o‘zbek hukumati o‘zining mehnat migrantlarini Kanadaga ham eksport qilishi mumkin, u yerda yuqori malakali tor kasbiy malakaga ega mehnat resurslariga talab yuqori.
Diplomat, shuningdek, O‘zbekistonda "Kanada viza markazi" ochilishiga ehtiyoj borligini qayd etib o‘tgan.
Uch oyda o‘rgansa bo‘ladigan "pultopar" hunarlar: "Ishga marhamat" monomarkazidan reportaj
Bunday markazlar bugungi kunda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda ishlab turibdi, Unrauning fikricha, yana bir vakolatxonaning O‘zbekistonda ochilishi mamlakatlar o‘rtasida fuqarolar harakatlanishini ancha yengillashtirgan bo‘lar edi.
Suhbat chog‘ida, Unrau, Kanadada, xususan Kvebek provinsiyasida, fransuz tilini biladigan chet ellik mehnat muhojirlariga talab yuqoriligini inobatga olib, O‘zbekiston hukumati mehnat migrantlariga fransuz tilini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishi lozimligini qayd etgan.
Bu tilni bilish nomzodlarni saralash bosqichida qo‘shimcha ball va boshqa afzalliklarni taqdim etishi qo‘shimcha qilingan.
O‘zbekiston diplomatik missiyasi xabariga ko‘ra, deb xabar qiladi "Xalq so‘zi" nashri, Unrau bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq holat yaxshilanganidan so‘ng O‘zbekistonda "Kanada viza markazi"ni ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.