Samarqandda turizm mavsumiga start berilmoqda

Tadbir doirasida 2-mart kuni Samarqand viloyat musiqa va drama teatri old maydonida sahnalashtirilgan teatr namoyishlari, konsert dasturlari tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Samarqand viloyatida sayyohlik mavsumiga start berilmoqda, deb xabar qildi Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti.
Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto
Departament tashabbusi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va viloyat hokimligi ko‘magida mamlakatda ichki turizmni rivojlantirishga 2021-yilning 2-mart kunlari madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida 2-mart kuni Samarqand viloyat musiqa va drama teatri old maydonida sahnalashtirilgan teatr namoyishlari, konsert dasturlari tashkil etiladi.
Shuningdek, viloyatning barcha madaniy-meros obektlari, muzeylarga kirish bepul amalga oshiriladi. Tadbirda viloyatdagi sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlikda tashrif buyuruvchilar o‘rtasida viktorina va tanlovlar tashkil etiladi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish huquqini beruvchi 2 kishilik yo‘llanmalar taqdim etiladi.